Zaryadlash qurilmasi yoki qurilmada qisqa tutashuvlarni yuzaga keltirmang
Bunday qilish elektr toki urishi yoki yong‘in kelib chiqishiga, batareyaning zararlanishi yoki portlashiga olib kelishi mumkin.
Momaqaldiroq vaqtida qurilmangizdan binodan tashqarida foydalanmang
Bunday qilish elektr toki urishi yoki qurilmaning buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan batareyalar, zaryadlash qurilmalari, aksessuarlar va ta’minotdan foydalaning
•Umumiy batareyalar va zaryadlash qurilmalaridan foydalanish, qurilmaning xizmat ko‘rsatish muddatini qisqartirishi yoki uning buzilishiga olib kelishi mumkin. U yong‘in kelib chiqishiga yoki batareyaning portlashiga sabab bo‘lishi mumkin.
•Faqatgina Samsung tomonidan tasdiqlangan va qurilmangiz uchun mo‘ljallangan zaryadlash qurilmasi va batareyadan foydalaning. Mos kelmaydigan batareya va zaryadlash qurilmasi qurilmangizga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
•Samsung tomonidan tasdiqlanmagan aksessuarlardan yoki ta’minotlardan foydalanayotgan vaqtda foydalanuvchi xavfsizligi uchun javobgar bo‘la olmaydi.
Qurilma yoki zaryadlash qurilmasini tushirib yubormang va zararlamang
Qurilma va zaryadlash qurilmasini ehtiyotkorlik bilan ushlang va joylashtiring
•Hech qachon batareya yoki qurilmani olovga tashlamang. Qurilma yoki batareyalarni mikroto‘lqinli pech, duxovka va radiatorlar kabi qiziydigan qurilmalar ustiga yoki ichiga qo‘ymang. Qurilma qiziganda portlab ketishi mumkin. Ishlatilgan qurilma yoki batareyani tashlab yuborishda mahalliy qonunlarga rioya qiling.
•Hech qachon qurilmani siqmang yoki teshmang.
•Batareyaning yuqori bosim ostida qoldirmang, chunki bu qisqa tutashuv yoki qizib ketishga sabab bo‘lishi mumkin.