•Agar tibbiy uskunadan foydalansangiz, qurilmangizni ishlatishdan avval radio chastotalar qurilmangizga zarar yetkazish yoki yetkazmasligi haqidagi ma’lumotlarni olish uchun uskuna ishlab chiqaruvchisi bilan bog‘laning.
•Samolyotda elektron qurilmalardan foydalanish samolyotning elektron navigatsiyalash asboblari faoliyatiga halaqit berishi mumkin. Samolyot havoga ko‘tarilayotgan va qo‘nayotgan vaqtda qurilmangiz o‘chirilganligiga ishonch hosil qiling. Agar samolyot ekipaji ruxsat bersa, havoga ko‘tarilgandan so‘ng qurilmangizdan foydalanishingiz mumkin.
•Qurilmangiz chiqarayotgan radio to‘lqinlar sababli avtomobilingizdagi elektron qurilmalar to‘g‘ri ishlamasligi. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun ishlab chiqaruvchi bilan bog‘laning.
Qurilmani qalin tutun mavjud bo‘lgan joylarga yaqinlashtirmang
Bunday qilish qurilmaning tashqi korpusiga yoki uning ishlashiga zarar yetkazishi mumkin.
Agar eshitishda muammolarga duch kelsangiz, radio aralashuv haqidagi ma’lumotlarni olish uchun ishlab chiqaruvchi bilan bog‘laning
Qurilmangizdan chiqarilgan radio to‘lqinlar eshitish bilan bog‘liq ba’zi muammolarga olib kelishi mumkin. Qurilmangizni ishlatishdan avval, qurilma tomonidan chiqariladigan radio to‘lqinlar eshitish bilan bog‘liq muammolarga sabab bo‘lishi yoki bo‘lmasligi haqidagi ma’lumotlarni olish uchun ishlab chiqaruvchi bilan bog‘laning.
Qurilmangizni ovoz tizimlari yoki radio antennalari kabi radio chastotalar ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan qurilma yoki uskunalar yaqinida ishlatmang
Radio chastotalari qurilmangizning ishlashiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Portlash ehtimoli yuqori bo‘lgan joylarda qurilmani o‘chiring
•Portlash ehtimoli yuqori bo‘lgan joylarda batareyani olib tashlamasdan, qurilmangizni o‘chiring.
•Portlash ehtimoli yuqori bo‘lgan joylarda har doim o‘zini tutish qoidalari, normativ hujjatlar va belgilarga amal qiling.