Qurilma, batareya va zaryadlash qurilmasini zarar yetkazilishdan himoyalang
•Qurilma yoki batareyani juda sovuq yoki juda issiq haroratda qoldirmang.
•Judayam yuqori yoki past harorat qurilmaga zarar yetkazishi va qurilma va batareyaning xizmat qilish muddatini kamaytirishi mumkin.
•Batareyani metal predmetlar bilan kontaktga kirishiga yo‘l qo‘ymang, chunki bu batareyaning + va – terminallari o‘rtasidagi tutashishni yuzaga keltiradi yoki batareyani zararlaydi.
•Zararlangan zaryadlash qurilmasidan foydalanmang.
Qurilmangizni qizitish pechlari, mikroto‘lqinli pechlar, issiqlik yordamida pishirish uskunalari yoniga yoki katta bosimli saqlash idishlari ichiga qo‘ymang
•Batareya ichidagi suyuqlik oqib ketishi mumkin.
•Qurilmangiz qizib ketishi va natijada yonib ketishi mumkin.
Qurilmangizdan chang yoki havodagi mayda zarrachalar ko‘p to‘planadigan joylarda foydalanmang yoki uni bunday joylarda saqlamang
Chang yoki begona moddalar qurilmangizning noto‘g‘ri ishlashiga sabab bo‘lishi va yong‘in chiqishi yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.
Ko‘p funksiyali uya va zaryadlash qurilmasi ingichka uchining suyuqliklar, chang, kukunlar va qalam grafitlari kabi o‘tkazuvchan moddalar bilan aloqaga kirishiga yo‘l qo‘ymang
Tok o‘tkazuvchi materiallar terminallarning zanglashiga olib kelishi mumkin, bu o‘z navbatida portlash yoki yong‘in chiqishiga sababchi bo‘lishi mumkin.
Qurilma yoki batareyani tishlamang yoki so‘rmang
•Bunday qilish qurilmani buzishi, yong‘in chiqishi yoki portlashga olib kelishi mumkin.
•Bolalar yoki hayvonlar mayda bo‘laklarni yutib yuborishi mumkin.
•Agar bolalar qurilmadan foydalansa, uning to‘g‘ri ishlatilayotganligiga ishonch hosil qiling.