•Yoqilg‘i quyish shaxobchalarida, yoqilg‘i yoki kimyoviy moddalar yaqinida yoki portlash qamrab oladigan hududlarda qurilmangizdan foydalanmang.
•Tez yonuvchan suyuqliklarni, gazlarni yoki portlovchi materiallarni qurilma, uning qismlari yoki aksessuarlari bilan bir bo‘linmada saqlamang yoki olib yurmang.
Agar qurilmangiz yoki batareyadan yoqimsiz hid yoki ovoz chiqayotganini, ulardan suyuqlik yoki tutun chiqayotganini sezsangiz, darhol qurilmadan foydalanishni to‘xtating va uni Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga olib boring
Buni bajarmaslik yong‘in yoki portlash kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Transport vositasini boshqarish vaqtida mobil qurilmadan boshqarishda barcha xavfsizlik qoidalari va normativlariga rioya qiling
Avtomobilni boshqarish vaqtida Sizning eng birinchi vazifangiz transport vositasini diqqat bilan boshqarishdir. Hech qachon avtomobilni boshqarish vaqtida mobil telefondan foydalanmang. O‘zingizning va boshqalarning xavfsizligi uchun quyidagi ko‘rsatmalarga amal qiling:
•Qurilmangiz va uning tezkor terish, qayta terish kabi funksiyalarini
o‘rganib chiqing. Bunday funksiyalar qurilmangizda qo‘ng‘iroqni qabul qilish yoki amalga oshirish uchun sarflanadigan vaqtni qisqartiradi.
•Qurilmangizni qo‘lingiz yetadigan joyga qo‘ying. Ko‘zingizni yo‘ldan uzmagan holda qo‘lingiz simsiz qurilmaga yetishiga ishonch hosil qiling. Agar qulay bo‘lmagan vaqtda Sizga qo‘ng‘iroq qilishsa, ovozli pochtangizga Sizning o‘rningizga javob berishi uchun ruxsat bering.
•To‘xtovsiz harakat yoki noqulay
•Eslatmalar yozmang yoki raqamlar qidirmang.“Bajariladiganlar” ro‘yxatini qidirish yoki manzillar kitobini ko‘rib chiqish asosiy vazifangiz bo‘lgan transport vositasini boshqarishdan diqqatingizni chalg‘itadi.