Qurilmangizni orqa cho‘ntaklaringizda yoki belingiz atrofida olib yurmang

Samsung On-Ear Headphones

Level On Wireless Headphones EO-PN900BLEGUS EO-PN900BBEGUS EO-PN900BREGUS EO-PN900BWEGUS

Download 718 pages 49.6 Kb View all pages
Page 693
Page screenshot 693
Yurib yoki yugurib ketayotganingizda qurilmadan ehtiyotkorlik bilan foydalaning

Yurib yoki yugurib ketayotganingizda qurilmadan ehtiyotkorlik bilan foydalaning

O‘zingizga va boshqalarga shikast yetkazmaslik uchun har doim atrofdagi voqea va insonlarga diqqatli bo‘ling.

Quloqlik kabeli qo‘lingizda yoki yaqin-atrofdagi predmetlarga o‘ralib qolmaganligiga ishonch hosil qiling.

Qurilmangizni orqa cho‘ntaklaringizda yoki belingiz atrofida olib yurmang

Chunki yiqilsangiz, Sizga va qurilmaga zarar yetishi mumkin.

Qurilmangizni bo‘yamang yoki uning ustiga stikkerlar yopishtirmang

Bo‘yoq yoki stikkerlar qurilmangizning olinadigan qismlarini yopishib qolishiga va ular funksiyasining buzilishiga olib kelishi mumkin.

Agar Sizda qurilma bo‘yog‘i yoki uning metal qismlariga allergiyangiz bo‘lsa, teringiz qichishi, shishishi yoki teringizga toshmalar toshishi mumkin. Bunday hodisa sodir bo‘lganda, qurilmadan foydalanishni to‘xtating va shifokor bilan maslahatlashing.

Qurilma yorilgan yoki singan bo‘lsa, undan foydalanmang

Singan shisha yoki akril qo‘lingizga yoki yuzingizga shikast yetkazishi mumkin. Qurilmani ta’mirlash uchun Samsung Xizmat ko‘rsatish Markaziga olib boring.

Mobil qurilma va uskunalarni ehtiyotkorlik bilan o‘rnating

Transport vositangizga o‘rnatilgan barcha mobil qurilma va moslamalar xavfsiz ravishda montajlanganligiga ishonch hosil qiling.

Qurilma va aksessuarlaringizni xavfsizlik yostig‘i ochiladigan joyga yaqin qo‘ymang. Xavfsizlik yostiqlari to‘satdan ochilgan vaqtda noto‘g‘ri o‘rnatilgan simsiz moslamalar jiddiy shikast yetkazishi mumkin.

Qurilmangizni tushirib yubormang yoki qurilmangizga zarar yetkazmang

Qurilmangizning ustki qismiga yoki ishlashiga zarar yetishi mumkin.

Agar qurilmangiz qiyshaysa yoki uning shakli o‘zgarsa, qurilmangizga zarar yetishi yoki uning qismlari o‘z funksiyasini bajarmasligi mumkin.

O'zbek

Page 693
Page screenshot 693
Qurilmangizni bo‘yamang yoki uning ustiga stikkerlar yopishtirmang - Samsung